1 129
Gulnora Karimova tomonidan xorijga noqonuniy olib ketilgan mol-mulklar O‘zbekistonga qaytarilmoqda
Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini qaytarish bo‘yicha yakuniy jarayonlar boshlandi.
Adliya vazirigi tomonidan tarqatilgan xabarda aytilishicha, yaqinda Fransiyadan G.Karimovaga tegishli 10 million AQSH dollari qiymatidagi qo‘shimcha aktivlar O‘zbekistonga qaytarildi. 2020 yilning may oyida ham Fransiyadan 10 million AQSH dollari qiymatidagi aktivlar qaytarilgan edi.
Shu bilan birga, G.Karimova mulklarini qaytarish va restitutsiya qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘ptomonlama trast jamg‘armasini tashkil etishga kelishildi. Mazkur jamg‘armadan Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy ish yurituvi doirasida to‘liq musodara qilingan aktivlarni qaytarish uchun foydalaniladi.
Hozirgi kunda taxminan 131 million AQSH dollari qiymatidagi aktivlar qaytarilishga tayyor.
Jamg‘arma boshqaruv mexanizmi Shveysariya, O‘zbekiston va BMT vakillaridan tashkil topadi. Shu orqali Shveysariya va O‘zbekiston aktivlarni qaytarish jarayoniga to‘liq jalb etiladi. Jamg‘arma O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashadi va BMTning Barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha O‘zbekistondagi dasturi (UNSDCF)ga mos loyihalar uchun moliyaviy resurslar ajratadi.
Ushbu loyihalar Jamg‘arma faoliyatida ishtirok etuvchi BMT tizimidagi tashkilotlar tomonidan boshqa ijrochi sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Barcha loyihalar BMTning qoida va nizomlari asosida tuzilgan Jamg‘armaning monitoring
va baholash tizimiga muvofiq nazorat qilib boriladi. Fuqarolik jamiyati institutlari Jamg‘arma faoliyatida maslahatchilar sifatida ishtirok etadi.
Jamg‘arma o‘z faoliyatini Shveysariya va O‘zbekiston o‘rtasida tomonlarga yuridik majburiyat yuklovchi Restitutsiya to‘g‘risidagi kelishuv imzolanganidan so‘ng boshlaydi. Ushbu kelishuv imzolanganidan keyin Jamg‘arma va uning faoliyati haqida qo‘shimcha batafsil axborot beriladi.
Bundan tashqari, Moskva shahar sudi tomonidan O‘zbekiston sudlarining G.Karimova va uning sheriklariga nisbatan chiqargan hukmlari tan olindi va hozirda Rossiya tomoni bilan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish uchun musodara qilingan mol-mulklarni sotishni tashkillashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Qaytarilgan mablag‘lar mamlakatimiz aholisi farovonligini yaxshilash uchun ijtimoiy sohaga sarflanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda