Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 3,5 yillik faoliyati davomida bir so‘m ham davlatga xiyonat qilmagani va avval ishlagan kompaniyalari unga yordam berib turishini ma’lum qildi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanining Alisher Navoiy ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari internetda shov-shuv bo‘lgach poytaxt hokimligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jahongir Ortiqxo‘jayev Akfa va Artel kompaniyalari tomonidan qilinayotgan homiylik ishlari haqida ma’lumot berdi.
«Ochig‘ini aytaman, katta kompaniyaning rahbari bo‘lganman. Yoshligimdan siyosatchi bo‘lmaganman. Tarixim xohlaysizmi, yo‘qmi, ishlab chiqarish, tadbirkorlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Umrim bo‘yi siyosatda ishlamaganman, bilasizlar.
Homiylik masalasiga kelsak, men mana shu mamlakatning farzandiman. Bozorimiz ham, mozorimiz ham shu - Toshkentda.
3,5 yillik faoliyatim bo‘yicha ko‘p joylarga oldingi ishlagan kompaniyalarim ko‘p yordam berdi, homiylik qilib keldik. Lekin bilasizlarni yo‘qmi, riyo degan narsa bor, savob degan narsa bor. Agar bugungi homiylikni ochiq-oydin aytmasang, savobini u dunyoda olasan. Agar aytsang riyo bo‘ladi. U ishni qilyapman, bu odamga yordam beryapman deb aytsang, bu savob emas, riyo bo‘ladi. Shundaymi? Shuning uchun bugungi kungacha aytmadik», dedi so‘zining avvalida hokim.
Akfa va Artel kompaniyalari o‘z mulklarini sotib, faqat ishlab chiqarishni qoldiradi.
«Lekin bugun ko‘pchilik surishtirdi, to‘g‘ri, men ishlagan kompaniya, sizlar bilasizlar – Akfa, Artel ko‘p narsalardan voz kechyapti. Ya’ni faqat ishlab chiqarishni olib qoladi; magazin, supermarket, gipermarket – bularning hammasini sotishga qaror qildi. «Ekobozor»ni ham sotdi. Va sotilgan pullarning yarmini bankdagi qarzlarini to‘lashga, yarmini shaharga homiylik uchun bermoqchi.
Bulardan hali xabaringiz bormi yo‘q bilmayman: Akfa medline ham bu yil 200 nafar yurak xuruji bilan xastalangan bolalarni tekinga operatsiya qilib beradi, o‘tgan yili 75ta operatsiya qilgandi, bu yil 200ta qiladi. Aytmoqchi emasdim, aytishga majbur bo‘ldim. O‘zbekiston bo‘ylab eng qiynalgan 75 nafar bolalarni operatsiya qilishdi. Undan tashqari, ko‘p-ko‘p qilgan ishlari bor.
Bu yil Akfa ham, Artel ham yordam berish maqsadida nima yordam qilaylik, siz bizda ishlagansiz deb so‘rashyapti. O‘z mulklarini sotyapti, yarmini bankka kreditlaridan qutulishga beryapti, yarmini shaharga parklar, alleyalar qurishga katta-katta yordam beryapti. Operatsiyalar va kambag‘allarga uylarining tomini yopish, kichik mahallalar yo‘llarini asfaltlashtirishga beryapti», dedi hokim.
Bu kompaniyalar joriy yilda hokimlikka 80 milliard so‘mlik yordam puli ko‘rsatishni rejalashtirgan.
«Bu yil menga 80 mlrd so‘mlik yordam pulini ko‘rsataman dedi, 6 oyda. Shunga asoslanib ularga o‘z iltimoslarimni qilyapman. Boshqa hech narsa deya olmayman, charchadim. 3,5 yil ishlagan bo‘lsam, davlatning bir so‘miga xiyonat qilganim yo‘q. Agar bir so‘m puliga xiyonat qilgan bo‘lsam, farzandlarim uvoliga qolsin.
Yonimdan qo‘shgan bo‘lsam qo‘shdim, bergan bo‘lsam berdim, bir so‘m pul olmadim. Shahar hokimi bo‘lishimdan oldin 35ta mashinam bor edi. Juda yaxshi ko‘raman mashinani. Hozir 6ta qoldi. Yaqinda yana bir mashinamni auksionga qo‘yaman, uni sotib, yuragida nuqsoni bo‘lgan bolalarni operatsiya qildiramiz. Agar bular gunoh bo‘lsa, men roziman. Agar ishlatmanglar, bu gunoh deydigan bo‘lsangiz, unga ham roziman.
Lekin mening aybim qilgan ishlarni aytib turmasligim ekan, aytish kerak ekan. Aytmaganim xato bo‘ldi. Sergelidan 400 ta kvartira sovg‘a qilishgan – bir xonali, ikki xonali, uyi yo‘qlarga. Aytsam bo‘larkan, aytmaganman. Bugun afsuslanyapman. Lekin ishonsangiz bo‘ladi, bir so‘m pulga xiyonat qilmaganman, xalqning bir so‘m pulini cho‘ntagimga tiqqanim yo‘q. Borim shu», deya so‘zlarini yakunlagan hokim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi