date
views 1 084

Xorazmda davlat soliq inspeksiyasi xodimi qo‘lga olindi

Xorazmda davlat soliq inspeksiyasi xodimi qo‘lga olindi
Xorazm viloyatida budjetga qo‘shimcha hisoblangan soliq to‘lovlarini kamaytirib berish evaziga pora olgan xodim qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xonqa tuman DSI xodimi A.X tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasiga ko‘ra, budjetga qo‘shimcha hisoblangan soliq to‘lovlarini kamaytirib berish evaziga undan 5.000 (besh ming) AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shunga asosan, mazkur holat yuzasidan JKning 28,211-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda, jinoyat ishining tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda davlat soliq inspeksiyasi xodimi qo‘lga olindi