18:30 / 18.02.2022
1 127

«Maqsadim - odamlar mashinasini qulflamay, xotirjam uyiga kirib ketsin» – prezident

«Maqsadim - odamlar mashinasini qulflamay, xotirjam uyiga kirib ketsin» – prezident
Poytaxtning Yangihayot va Sergeli tumanlariga tashrifi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev Do‘stlik mahallasida bo‘ldi va rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda uchastka noziri bilan suhbatlashdi.

Sergeli nima uchun orqada qolib ketdi? Chunki bu yerga 30 yil birorta rahbar kelib muammolar bilan shug‘ullanmadi. Sergeliga desangiz markazdan taksi kelmasdi. Men mahallalar obodligini Yangihayot tumanidan boshlaganim bejizmas. Biz bu tumanni xavfsiz va obod shahar bo‘yicha namuna qilishimiz kerak.

Mahalla xavfsiz bo‘lsa, shahar xavfsiz bo‘ladi. Mening maqsadim - odamlar mashinasini qulflamay, uyiga kirib ketsin va xotirjam dam olsin
”, deya davlat rahbari so‘zlarini iqtibos keltirmoqda Kun.uz sayti.

Tashrif davomida prezident “Almerro Grup” MCHJning qandolat mahsulotlari ishlab fabrikasida, yangi sanoat hududida, metro bekatida ham bo‘ldi. Ayni paytda tuman faollari bilan uchrashuv boshlanmoqda.

Ma’lumot uchun, prezidentning 2020 yil 11 noyabr kungi PQ-4888-son qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etilgan.

Yangihayot tumaniga o‘tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki ma’lumot talab qilmagan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron tizim orqali bepul o‘zgartirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Maqsadim - odamlar mashinasini qulflamay, xotirjam uyiga kirib ketsin» – prezident