O‘zbekistonda birgina energiya tejamkor lampa o‘rnatilishi hisobiga bir yilda 156 million kilovatt/soat elektr energiyasi tejalishiga erishish mumkin. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistonda 2016 yil 1 iyuldan quvvati 40 vattdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalarni erkin muomalaga chiqarish, 2017 yil 1 yanvardan esa ularni sotish taqiqlangan. Hozirda O‘zbekistonda energiya samarasiz cho‘g‘lanma lampa ishlab chiqarilmaydi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bunday lampalar chet davlatda ishlab chiqariladi va eksport qilinadi.
Vazirlikning qayd etilishicha, bugungi kunda ham bozor rastalarida ushbu 40 vattdan yuqori bo‘lgan, samaradorligi juda past bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalar sotilmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar foydalanilayotgan 100 vatt quvvatli cho‘g‘lanma lampalarni 7 vatt quvvatli energiya tejovchi lampalarga almashtirilsa, sutka davomida 8 soat ishlaganda quyidagilar sarflanadi:
- 100 vatt quvvatli lampa bir kunda o‘rtacha 8 soat ishlasa 800 vatt/soat, bir oyda esa 24 kilovatt/soat elektr energiyasi sarflaydi;
- 7 vatt quvvatli energiya tejovchi lampa esa, bir kunda 8 soat ishlasa 56 vatt, bir oyda (30 kun) 1,6 kilovatt/soat elektr energiyasi sarflaydi.
Demak, bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 22,4 kilovatt/soat elektr energiyasini iqtisod qiladi. Bu esa elektr energiyasining amaldagi 295 so‘m tarifi bo‘yicha hisoblaganda, bir dona energiya tejovchi lampa bir oyda 6 608 so‘m, bir yilda esa 79 296 so‘m iqtisod qiladi.
Ma’lumot uchun, 100 vatt quvvatli energiya samarasiz lampa beradigan nur o‘rnini undan 15 marotaba energiya tejamkor bo‘lgan 7 vatt quvvatli LED lampasi bosa oladi.
O‘zbekistondagi 7 million xonadon misolida tahlil qilinsa, birgina energiya tejamkor lampa o‘rnatilishi hisobiga bir yilda 156 million kilovatt/soat elektr energiyasi tejalishiga erishiladi. Ushbu bir dona energiya tejamkor lampa orqali tejalgan elektr energiyasi 1 045 ta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?