Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi «Yangi hayot» savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani to‘g‘risidagi video lavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
Hodisa kecha, 18 fevral kuni soat 20:30larda sodir bo‘lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi A.S. bilan Navoiy shahridagi «Yangi hayot» savdo majmuasiga borgan. Ular savdo majmuasining 5 va 4-qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1-qavatga tushib ketgan. Fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan A.S. esa viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?