984
Toshkent va Andijonda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyatida haydovchilik Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi texnika vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani qisqa muddatda olib berishni va’da qilib, fuqarolardan pul so‘raganlar qo‘lga tushdi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.B. fuqaro N.ni aldab, unga o‘zining Qo‘rg‘ontepa tuman YHXBda ishlovchi tanishlari orqali qisqa muddatda o‘qishga bormasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, evaziga 5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday holat departamentning O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. fuqaro A.dan unga qishloq xo‘jaligi texnika vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani o‘quv kurslarida qatnashmasdan turib, go‘yoki o‘zining «Agroinspeksiya»da ishlovchi tanishi orqali olib berish evaziga 2,3 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?