Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning xalqqa yo‘llagan ochiq murojaatiga o‘z munosabatini bildirdi.
Hokim xatida so‘nggi kunlarda jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan holatlarga o‘z munosabatini bildirgandi. U Komil Allamjonov bilan o‘rtalarida hech qanday sovuqchilik, tortishuv yuzaga kelmaganini, doimo hamkorlikda ishlashlarini aytib, turli uydirmalarni tarqatayotganlardan ularning ishlashiga xalaqit qilmaslikni so‘ragan.
Allamjonov uning fiklari haqiqat ekanini ma’lum qilib, o‘zaro munosabatlari yaxshi ekanini ta’kidlab o‘tgan.
«Albatta, Jahongir Ortiqxo‘jayev haq gapni aytgan. Bizning oramizda hech qanday sovuqchilik yo‘q va munosabatlarimiz yaxshi. Men u kishi bilan 8 yildan ortiq vaqtdan beri tanishman. Tan olib aytamanki, hokim tadbirkorlikni, katta loyihalarni, qurilishlarni yaxshi eplaydi va ancha ishlar qilyapti. Lekin bitta muammo ko‘pincha unga xalaqit beradi. Bu ham bo‘lsa — uning gapga yo‘qligi. Shu tufayli ham ko‘plab tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Asosiysi ish ketyapti.
Gap bilganga bir tanga, ish bilganga ming tanga», — deya yozgan Allamjonov. Va post ostida #ithurarkarvonsurar xeshtegini qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, imlo xatolari ko‘p bo‘lgan bu bayonotni chindan ham Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli ekanini hokimlikning biron rasmiy vakilidan tasdiqlash imkoni bo‘lmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi