Kadr: YouTube
Samarqand viloyati Payariq tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosida jazoni o‘tash vaqtida IIB Probatsiya noziriga pora berishga uringan mahkumning to‘rtinchi jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Zo‘r TV telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.
Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u giyohvand bo‘lib, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangach, omon qolish maqsadida giyohand modda iste’mol qilganida qo‘lga tushgan va sudlangan. «Probatsiyadagi pul olib kel degandi, tadbir qilib, ushladi», — deydi u.
Yig‘ilgan hujjatlar bo‘yicha ko‘rib chiqilgan sud ishi davomida mahkum B.Q. Jinoyat kodeksining 211-modda (pora berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga shu modda bilan 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining 2020 yil oktabrdagi hukmiga asosan tayinlangan «ozodlikni cheklash» jazosining o‘talmay qolgan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi