Skrinshot.
Surxondaryoda qo‘shni davlatdan olib o‘tilgan giyohvand moddalarni sotmoqchi bo‘lgan aka-uka hamda ota va o‘g‘il qo‘lga tushdi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Tojikistondan 5 kg 593 gr «opiy» moddasini mamlakatga olib kelgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning Uzun tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan jinoiy sherigi hamda ushbu ajal og‘usining buyurtmachilari hisoblangan Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 va 1990 yillarda tug‘ilgan aka-uka ham ushlandi.
Termiz shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 1990 hamda 1992 yillarda tug‘ilgan 2 nafar o‘g‘li o‘zlarining Cobalt rusumli avtomashinasida Toshkent shahri tomon ketayotgan vaqtlarida Chiroqchi tumanidagi «Umakay» YPX maskanida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning motor qismiga yashirib qo‘yilgan 1 kg «gashish» moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
«Umakay» YPX maskanida qayd etilgan yana bir holatda «Termiz-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1959 yilda Denov tumanida tug‘ilgan, muqaddam ikki marotaba giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs yonida 350 gr «gashish» va 65 gr «opiy» moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi