
Foto: Times
Qoraqalpog‘iston tashrifini Mo‘ynoqdan boshlagan Shavkat Mirziyoyev ayni paytda mahalliy aeroportda hudud faollari bilan uchrashmoqda.
Kun.uz xabariga ko‘ra, tadbirda tumanni rivojlantirish rejalari muhokama qilinmoqda.
“Toshkentdan rahbarlar bir hafta shu yerda bo‘ladi va har biri menga Mo‘ynoq bo‘yicha o‘z rejalarini aytadi. Uzoq va mavhum 5 yilga emas, yaqin 1 yilga! Suvni nima qilamiz, turar joylarni qanday quramiz, madaniyatni qanday rivojlantiramiz, hammasini muhokama qilamiz.
Mo‘ynoqda “Yashil hudud” boshqa joylardan ham ko‘ra ko‘proq zarur, bu borada o‘ylashimiz kerak. Mo‘ynoqqa Toshkent viloyatini biriktirdik. Tajribali hokim Zoyir Mirzayevning o‘zi ham shu yerda ishlayapti. Albatta, o‘zim ham quruq kelmadim, zarur mablag‘ bilan keldim. Balandparvoz gaplarni chetga surib, muammoni aniq aytgan rahbarlar kerakli yordamni olishadi.
Mo‘ynoqqa odamlar qayta ko‘chib kelyapti, bolalarimiz tug‘ilyapti. Endi ular bilan astoydil ishlashimiz kerak. Ko‘p farzandli oilalar bor, ularga ham boshqacha qaramay shug‘ullanishimiz zarur. Chunki farzand ham Allohning ne’mati, millionlab bolalarimiz tug‘ilyapti, ularning ham munosib kelajagini ta’minlashimiz kerak”, – dedi prezident.
Shavkat MirziyoyevMo‘ynoq tashrifiQoraqalpog‘istonYashil hududRivojlantirish rejalariMahalliy aeroport O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar