16:47 / 24.02.2022
1 040

Samarqandda ona va qiz «shantaj» qilgani uchun qo‘lga olindi

Samarqandda ona va qiz «shantaj» qilgani uchun qo‘lga olindi
Samarqand viloyatida yashovchi 43 yoshli A.D. va uning 16 yoshli qizi A.S. tovlamachilik bilan ayblanib ushlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular 29 yoshli B.G. bilan uchrashib, unga tegishli bo‘lgan videotasvirlar mavjud ekanligini aytishib, videoyozuvlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmasliklari evaziga 2000 AQSH dollar pul talab qilishgan.

Joriy yilning 21 fevral kuni soat 18:30larda Samarqand shahri IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, B.G.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan 2000 AQSH dollaridan 650 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida A.S. qo‘lga olinib, undan 650 AQSH dollari miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.D. hamda A.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs sud tomonidan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ona va qiz «shantaj» qilgani uchun qo‘lga olindi