07:00 / 25.02.2022
746

Jizzaxda fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jizzaxda fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jizzax viloyatida bir fuqaroni pul evaziga aylanma yo‘llar bilan AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Sh.Sh. ismli shaxs fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Turkiya, Italiya yoki Meksika davlatlari orqali aylanma yo‘llar bilan AQSH hududiga olib o‘tishini va’da qilgani aniqlangan. U fuqoradan AQSHda ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.S. ismli shaxs fuqaro N.ni ishonchiga kirib, uning 3,5 ming dollar evaziga Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgani aniqlangan. U kelishilgan pulning 300 dollar va 500 ming so‘mini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi