07:28 / 28.02.2022
867

Samarqandda sartaroshxonani qimorxonaga aylantirgan erkak ushlandi

Samarqandda sartaroshxonani qimorxonaga aylantirgan erkak ushlandi
Samarqand viloyati Payariq tumanida 19 fevral kuni sartaroshxonasini qimorxonaga aylantirib, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tashkil qilib kelgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 17:20 da Samarqand viloyati IIB XPB xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Payariq tumani Mani qishlog‘ida yashovchi T.O. (36 yoshli) mahallasidagi binoni sartaroshxona sifatida faoliyat olib borish uchun ijaraga olib, u yerda noqonuniy ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan «Loto» o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan. U mahalladoshlariga «loto» o‘yini o‘ynashiga shart-sharoit yaratib, har bir yutuqdan 4 ming so‘m o‘ziga «cho‘tal» joy puli olib kelgan. T.O. o‘yin o‘tqazayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Voqea joyidan «Loto» qimor o‘yinida jami 73 ming so‘m pul hamda 26 dona karta, 90 dona «Loto» toshi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan T.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda sartaroshxonani qimorxonaga aylantirgan erkak ushlandi