Foto: Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti
Andijon viloyati Asaka tumanida uchuvchisiz dron apparatini qonunga xilof ravishda ishlatgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati Xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i nomiga ariza kelib tushgan. Unga ko‘ra, Asaka tumanida yashovchi X ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatidan temir yo‘l bekati hududida turli xil maqsadlarda foydalanib kelayotgani ma’lum qilingan.
Tezkor tadbir davomida ushbu qonunbuzar shaxs Asaka tumani «Namuna» mahallasida yashovchi T.X. ( 1968 yilda tug‘ilgan) ekani aniqlangan. U yashash xonadoni oldida X8SC-SYMA rusumli oq rangli uchuvchisiz uchish apparatini ko‘rsatib, uchirmoqchi bo‘lgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Uchuvchisiz uchish apparati hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-4-moddasi (uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonda 2015 yil 1 yanvardan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgan. Faqat ruxsatnomasi bor alohida yuridik shaxslargina dronlardan foydalanishi mumkin.
2018 yil may oyida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, xususan, dronlarni olib kirishga vaqtincha ruxsat berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi