date 18:00 / 01.03.2022
views 1 243

Shavkat Mirziyoev: «Alloh taolo Niso surasida ayollarga adolatli munosabatda boʻlishga da'vat etadi»

Shavkat Mirziyoev: «Alloh taolo Niso surasida ayollarga adolatli munosabatda boʻlishga da'vat etadi»
Shavkat Mirziyoev raisligida 1 mart kuni xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda davlat rahbari ayollarni e'zozlash, ehtirom koʻrsatish qadriyat ekanini ma'lum qildi.

- "Donishmand xalqimiz hamisha ayollarni e'zozlab yashagan, xotin-qizlarga yuksak ehtirom koʻrsatib yashash el-yurtimizga xos azaliy qadriyatga aylangan.

Buni muqaddas Qur'oni karimning eng katta suralaridan biri — «Niso», ya'ni «Ayollar» deb atalishi ham tasdiqlaydi. Alloh taolo ushbu surada insonlarni ayollarga adolatli munosabatda boʻlishga da'vat etadi.

Muqaddas hadisi shariflarda ham xotin-qizlarga doimo yaxshilik qilish buyurilgan.

Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur mirzo kabi ulugʻ ajdodlarimiz, ma'rifatparvar jadidlarimiz ham oilaning tinch, mustahkam va farovon boʻlishida, farzandlar tarbiyasida xotin-qizlarning oʻrni va ta'siri beqiyos ekanini alohida ta'kidlaganlar.

Bugungi kunda muhtarama opa-singillarimiz jamiyatimizda olib borilayotgan oʻzgarish va yangilanishlar jarayonida, boshqaruv tizimida, tadbirkorlik, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat va san'at sohalarida, mahallalarda qanchalik fidokorona mehnat qilib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz
", — deydi prezident.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat