Prezident katta hayotga tayyor bo‘lmagan yosh qizlarni turmushga berish muammosiga to‘xtaldi

Prezident katta hayotga tayyor bo‘lmagan yosh qizlarni turmushga berish muammosiga to‘xtaldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oilaning jamiyatdagi roli va uning ma’naviyatini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Yig‘ilishda Prezident shunday dedi:

«Farzand tarbiyasi, kelgusi taqdirida ota-onaning mas’uliyatini oshirishimiz kerak. Men buni bejiz aytayotganim yo‘q. Chunki hayotda shu bilan bog‘liq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.

Shu o‘rinda og‘riqli bir savol: nima uchun hali katta hayotga tayyor bo‘lmagan yosh qizlarni turmushga berish holatlari kamaygani yo‘q?

Afsuski, ba’zi onalar qizini imkon qadar tezroq uzatishga harakat qiladi. Farzandining ko‘nglida qanday orzu-istaklari, maqsadlari borligi bilan qiziqmaydi. O‘qigan, kasb-hunari bor ayollarini ishlashiga yo‘l bermayotgan erkaklar ham bor.

O‘z davrida jadid bobolarimiz qizlarni oilaga tayyorlash, ayollarni millat tarbiyachisiga aylantirishga eng muhim masala deb qaraganlar

Buyuk ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat: “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim”, deb yozgan edi. Bu da’vat bugun ham jamiyatning bosh vazifalaridan biri hisoblanadi
».

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar