09:00 / 02.03.2022
1 123

Jizzaxlik haydovchi 2 yo‘lovchi uning 1200 dollarini olib ketgani haqida IIBga yolg‘on xabar berdi

Jizzaxlik haydovchi 2 yo‘lovchi uning 1200 dollarini olib ketgani haqida IIBga yolg‘on xabar berdi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 22 fevral kuni mijoz bo‘lib o‘tirgan mashinasida bosqinchilik qilgan erkaklar ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi B.R. (31 yoshli) G‘allaorol tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaro unda 22 fevral kuni soat 22:30 larda Samarqand shahar «Ulug‘bek» avtoshohbekatidan o‘ziga tegishli Cobalt avtouloviga Toshkent shahriga olib borib qo‘yish uchun 2 nafar notanish yo‘lovchini o‘tkazganini aytgan.

Ular G‘allaorol tumani «Ko‘kgumbaz» mahallasi hududida harakatlanib ketayotganida orqa o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi o‘tkir tig‘li jism bilan haydovchining bo‘yin sohasiga tiragan. Avtomashina old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi esa uning yuz va qorin qismiga mushtlab, mashinasini to‘xtatishini talab qilgan. Haydovchi B.R. ularning talabini bajarib, avtomashinani yo‘lning qatnov qismiga to‘xtatgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. B.R. noma’lum shaxslar avtoulov salonida bo‘lgan kurtka hamda ichki cho‘ntagida bo‘lgan 1200 dollar va Redmi-10S rusumli qo‘l telefonini olib ketganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksning 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi O.Sh. (22 yoshli) hamda Qashqadaryo viloyatida yashovchi P.L. (24 yoshli) tomonidan sodir etilgani aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Ular bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan telefon apparatini Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «Farhod» bozorida o‘zlariga notanish fuqaroga 1 million so‘mga sotib yuborganini aytgan. Jabrlanuvchi arizasida ko‘rsatgan 1200 dollar miqdoridagi pul esa o‘g‘irlanmagani, aksincha pullar jabrlanuvchining o‘zida ekani aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik haydovchi 2 yo‘lovchi uning 1200 dollarini olib ketgani haqida IIBga yolg‘on xabar berdi