19:13 / 02.03.2022
1 216

Chinozda aliment ololmagan ayol oʻzi va bolalarini benzin sepib yoqib yubormoqchi boʻldi

Chinozda aliment ololmagan ayol oʻzi va bolalarini benzin sepib yoqib yubormoqchi boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2 mart kuni Toshkent viloyati Chinoz tuman prokuraturasi hamda Majburiy ijro byurosining Chinoz tuman boʻlimi xodimlariga noroziligini bildirib, oʻzi va farzandlariga benzin yoqilgʻisini sepib, yoqmoqchi boʻlgan ayol videosi tarqaldi. MIB axborot xizmati holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, videolavhada oʻzini farzandlari oldida yoqmoqchi boʻlgan fuqaro G.X. bilan bogʻliq 2 ta ijro ishi MIBning Chinoz tuman boʻlimi ish yurituvida boʻlgan. Jumladan, ijro ishi boʻyicha sudning 2021 yil 25 avgustdagi ijro varaqasiga asosan, fuqaro G.X. Chinoz tumani «Kattatepalik» mahallasi Fayzli koʻchasidagi uylarining biriga yashash va foydalanish huquqi bilan kiritib qoʻyilib, tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan va ijro hujjati tamomlangan.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari boʻyicha Quyichirchiq tumanlararo sudining 2019 yil 13 avgust kunidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor S.X.dan undiruvchi G.X. foydasiga aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻlim ish yurituviga kelib tushgan. Ariza kelib tushgan kunning oʻzida «Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarilib, taraflarga yuborilgan. Shuningdek, qarzdorning nomidagi mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilot va organlariga «MIB Portal» elektron dasturi orqali soʻrovnomalar yuborilib, olingan javob xatlariga asosan, qarzdorga tegishli mol-mulklar mavjud emasligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida S.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor Chinoz tumanidagi «Ravnaq Fayz Agro» FXda ishlayotgani aniqlanib, mazkur ijro hujjati oylik ish haqiga yuborilgan. S.X.ning oylik haqidan 2021 yil 1 iyul kuniga qadar undiruvchining plastik hisob raqamiga oʻtkazib kelingan.

Qarzdor S.X.dan undiruvchi G.X.ga tilxat asosida 2021 yil iyul oyidan 2022 yil 1 fevral oyiga qadar 550 ming soʻmdan naqd pul aliment pullarini toʻlagan boʻlsa-da, hozirda qarzdorligi 7 million 991 ming soʻmni tashkil etgan. Shu bois qarzdorlikni toʻliq bartaraf etish chorasini koʻrmagani uchun S.X.ga nisbatan toʻplangan hujjatlar ma'muriy javobgarlik masalasi koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Chinoz tumani sudiga onlayn tarzda yuborilgan.

Videodagi voqealar 25 fevral kuni soat 20:00 larda Chinoz tuman prokuraturasi binosida fuqaro G.X. aliment toʻlovidan norozi boʻlib kelgan vaqtida sodir boʻlgan. U oʻziga benzin yoqilgʻisini sepib yoqmoqchi boʻlgan vaqtida tuman prokuraturasi hamda Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan toʻxtatib qolingan.

Hozirda G.X.ning sogʻligʻi yaxshi va sobiq turmush oʻrtogʻi bilan bogʻliq sud jarayonlariga taklif etilgan. Shuningdek, byuroning Chinoz tuman boʻlimi mas'ul xodimlari xatti-harakatlari boʻyicha tekshiruv ishlari boshlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat