
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston—Qozog‘iston do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Ikki mamlakat yetakchi korxonalarining, eng avvalo, savdo, energetika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, tarmoqlari, transport va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu munosabat bilan oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq qo‘shma iqtisodiy loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surish borasida hukumatlar darajasida muntazam va samarali muloqotlar olib borilayotgani ijobiy baholangan.
«O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar. Telefon orqali muloqot har doimgidek do‘stona va ishonch ruhida o‘tdi», — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonQozog‘istonShavkat MirziyoyevQosim-Jo‘mart To‘qayevMuloqotHamkorlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar