18:08 / 04.03.2022
1 193

Toshkent masjidlarida o‘g‘rilik qilib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent masjidlarida o‘g‘rilik qilib yurgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, bu shaxs muqaddam firibgarlik uchun sudlangan. Ammo tegishli xulosa chiqarmay o‘g‘rilik yo‘liga o‘tgan.

Poytaxtning “Firdavs” jome masjidiga ibodat qilish uchun kelgan Behzod ismli fuqaro yechib qo‘yilgan kiyimining cho‘ntagida bo‘lgan “Ayfon” rusumli telefoni yo‘qolgani uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Shayxontohur tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish organlari tomonidan masjid kuzatuv kameralari tekshirilganda, telefon Namangan viloyatida 1984 yilda tug‘ilgan Abdurashid ismli shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgani ma’lum bo‘ldi. Bu shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik uchun sudlangan.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, bundan oldin Abdurashid “Umar ibn Xattob”, “Minor” masjidlarida ham fuqarolarning telefonlarini o‘g‘irlab sotib yuborgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati lavhasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent masjidlarida o‘g‘rilik qilib yurgan shaxs qo‘lga olindi