
Umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ta'lim sifati yaxshi emasligiga oliy ta'limdagi muhit sababchidir. Bu haqda Abduqodir Toshqulov Buxoro davlat universitetida ta'lim sifati boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish natijalariga bagʻishlangan yigʻilishda ta'kidlab oʻtdi.
«Xalq ta'limida ish ketmasligiga biz sababchimiz. Universitetda hozir boʻlayotgan gʻilli-gʻashliklarni talaba bilib oʻtiribdi. U biladi qaysi oʻqituvchi uni nega fandan yiqityapti?
«Buning shogirdi boʻlgani uchun», degan kayfiyat bor universitetda. U (talaba) borib maktabda ham muhitni bulgʻaydi ertaga.
Koʻp aytishadi «maktabdan bilimli bola kelmayapti, shuning uchun oliy ta'limda sifat tushib ketdi», deb. Yoʻq, Oliy ta'lim vaziri sifatida men bu fikrlarga qoʻshilmayman. Biz maktabdan bilimli bolani selektsiya qilib olyapmiz. Testdan oʻtkazib olyapmiz. Bilimi bor u bolaning», - degan vazir.
Abduqodir Toshqulov ayrim oʻqituvchilar oliy ta'limda sifat tushishiga super kontraktda oʻqiyotgan talabalar aybdor qilinishi ammo bu yanglish fikr ekanini ham qoʻshimcha qiladi.
«Kelasi yildan boshlab, avvalgi uch yilga nisbatan 10 foiz ham qolmaydi super kontrakt.
Xususiy universitetlar koʻpayib ketdi, endi odamlar bolasini super kontraktda oʻqitgandan koʻra, xususiy universitetlarda oʻqitishni ma'qul koʻryapti. Xususiy universitetlar kel bizga, deya yoshlarni bagʻriga olyapti.
Test sizga bolani selektsiya qilib beryaptimi, siz ham uni ma'nan majruh qilmay, mustaqil qilib oʻqitib bering.
Referat, prezentatsiya tayyorlash degani bu mustaqil ta'lim degani emas. Koʻring siz, dunyoning rivojlangan ta'lim muassasalari platformalariga kiring. Xoʻsh, ular qanday amaliyotlar oʻtkazyapti?
Kafedrangizni olib borib, ishlab chiqarish korxonasiga joylashtiring. Maktabda bitta kafedra qiling. Biologiya, ximiya, matematika. Adashmasam, xalq ta'limida 22 ta fan bor.
Universitetning pedagogik ta'lim yoʻnalishida 4 yil oʻqigan talaba maktabning kitobini varaqlamay, sizga boryapti», - deydi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vaziri.
Oliy Ta'limTa'lim SifatiMaktab MuammolariO'qituvchi Mas'uliyatiTalaba BilimlariSuper Kontrakt O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar