
Toshkent shahri Bektemir tumanida noqonuniy narkolaboratoriya tashkil etilgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 27 fevral kuni Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan Bektemir tumanidagi xonadonlardan biri ko‘zdan kechirilgan.
Natijada xonadonda narkolaboratoriya borligi, giyohvand moddalar tuvakka ekilib, har xil qo‘shiladigan dorilar shlanglar orqali yuborib kelingani aniqlangan.
Laboratoriya o‘simliklarni parvarishlash va o‘stirish uchun barcha jihozlar bilan ta’minlangani, maxsus quvvatlagichlardan foydalanilgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, xonada havo haroratini o‘lchovchi asbob, qayd daftarlari borligi ham aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Noqonuniy NarkolaboratoriyaToshkent ShahriBektemir TumaniIchki IshlarGiyohvand ModdalarSurishtiruv Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar