
Majburiy ijro byurosida joriy yilning 21 fevral kunidan 21 mart kuniga qadar “Aliment undiruv oyligi” - deb e’lon qilindi.
Bundan ko‘zlangan maqsad - voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, aliment undiruvlari yo‘nalishidagi ishlarni yanada samaradorligini oshirishdir.
Majburiy ijro byurosining Baxmal tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 2017 yil 31 yanvar kungi 2-188-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Norimqulovdan undiruvchi M.Norimqulova foydasiga ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun aliment mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro xarakatlari davomida “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yil 808-sonli qarori talablaroi qarzdor A.Norimqulovga tushuntirlgach, 2022 yil 01 fevraldan 2027 yil 01 fevral kuniga qadar bo‘lgan qariyb 89 mln. so‘mlik aliment pullarini oldindan undiruvchining nomiga ochilgan AT “Aloqabank” plastik kartasiga undirilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar