1 143
Janubiy Koreya O‘zbekiston FVVga maxsus o‘t o‘chirish va tibbiyot texnikalarini yubordi
Foto: «Dunyo» agentligi
Janubiy Koreyaning Pusan shahri portida 8 ta maxsus yong‘in o‘chirish va tibbiyot texnikasini beg‘araz maqsadda O‘zbekistonga yuborish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
Maxsus texnikalarni yuborish marosimida O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Janubiy Koreya Milliy yong‘in xavfsizligi xizmati, Janubiy Koreya—O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi va Koreya yong‘in xavfsizligi assotsiatsiyasi vakillari bilan birgalikda ishtirok etgan.
Mazkur texnikalar O‘zbekistonga 2022 yilning aprel may oyida yetkazib kelinishi rejalashtirilmoqda. Janubiy Koreya tomoni maxsus texnikalarni topshirishdan tashqari ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkillashtirish niyatida.
Tadbir davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida yong‘in xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda ijobiy dinamikani qayd etgan. Xususan, O‘zbekiston FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan Janubiy Koreya yong‘in xavfsizligi instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, muntazam tajriba almashish maqsadida idoralararo hamkorlikning bevosita aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Tomonlar yong‘in xavfsizligi sohasida hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”