
Toshkent shahar Chilonzor tumanida 8 mart kuni MAN avtobusi haydovchisi piyodalarni urib yuborishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:30 da Chilonzor ko‘chasida haydovchi S.M. (1996 yilda tug‘ilgan) MAN avtobusini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida piyodalarni urib yuborgan. Oqibatda piyoda R.Z. (1952 yilda tug‘ilgan) olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek, R.Y. ismli fuqaro (2017 yilda tug‘ilgan) «bosh sohasi lat yeyishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
ToshkentChilonzor tumaniHaydovchiPiyodaHalok bo‘lishJinoyat kodeksi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar