15:51 / 10.03.2022
1 177

DXX xorijlik narkobaronning ikki sherigini qo‘lga tushirdi

DXX xorijlik narkobaronning ikki sherigini qo‘lga tushirdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro 9 kg 100 gr. «opiy» giyohvand moddasini 54 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, ular muqaddam tojikistonlik narkokur’er tomonidan kontrabanda yo‘li bilan Urgut tumani hududiga o‘tkazilib, xufiyona joyga yashirib qo‘yilgan ushbu giyohvand moddani xaridorga berib, undan olingan pul mablag‘ini tojikistonlik narkosavdogarga yetkazib berishlari evaziga 2700 AQSH dollari olishlari kerak bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX xorijlik narkobaronning ikki sherigini qo‘lga tushirdi