1 333
Abdulaziz Komilov Ukrainadagi vaziyat haqida: «Biz kuch ishlatish to‘xtatilishini xohlaymiz»
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11—13 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi diplomatik forum arafasida Ukrainadagi vaziyatga munosabatini bildirdi. Bu haqda Tashq ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, «Afg‘oniston: yangi voqeliklarni qanday yengish kerak?» mavzusida so‘zga chiqqan vazir O‘zbekistonning qo‘shni davlatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari haqida forum ishtirokchilariga ma’lumot bergan. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.
«Biz juda xavotirdamiz. Bu haqda ko‘p gapirishimiz mumkin. Ammo dunyodagi aksariyat odamlar kabi biz ham kuch ishlatish to‘xtatilishini va barcha muammolar siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishini xohlaymiz», — degan u Turkiyaning ANews telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ukraina va Rossiya atrofidagi vaziyat bo‘yicha «vazmin, neytral pozitsiyada». «Mamlakatimiz azaldan ham Rossiya, ham Ukraina bilan yaqin, do‘stona munosabatlarga ega. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», — degan prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Mirziyoyev va Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti yuzasidan ma’lumot berib. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”