1 456
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga doir videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 mart kuni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash maqsadida davlat korxonalari transformatsiya qilinmoqda. Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish va davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari muhokama qilingan. Jumladan, 25 ta davlat korxonasida operatsion samaradorlikni oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan, zarar bilan ishlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan butunlay voz kechish kerakligi aytilgan.
Transport sohasidagi ishlar holati ham ko‘rib chiqilgan. Tranzit yo‘lovchilar oqimini oshirish, charter parvozlarga ruxsat berish tizimini soddalashtirish, mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit xabiga aylantirish choralari belgilangan. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi erkin raqobat sharoitida ishlash uchun zamonaviy yondashuvlarni joriy qilishi, aviachiptalar narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlangan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek, yig‘ilishda iqtisodiyotda joriy yilning birinchi choragi yakunida kutilayotgan natijalar tahlil qilingan. Yangi korxonalarni foydalanishga topshirib, ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Hokimlar va tarmoq rahbarlariga iqtisodiy asoslanmagan loyihalarning ilgari surilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Mutasaddi idoralarga ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, investitsiya loyihalarining bozor iqtisodiyoti talabiga javob berishini o‘rganish vazifasi qo‘yilgan.
Eksport masalalari muhokama qilingan, tashqi bozordagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib, transport va logistika masalalarini hal etish, eksport geografiyasini kengaytirish, mahsulotlarni yangi bozorlarga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Viloyat hokimlari oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar ijrosi to‘g‘risida axborot bergan. Jumladan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Mazkur hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi eksport yo‘nalishlarini ochish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan viloyat hokimlarining hisoboti eshitilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”