10:32 / 15.03.2022
1 711

Tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irning foyda va zarari haqida ma’lumot berildi

Tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irning foyda va zarari haqida ma’lumot berildi
Qishloq xo‘jalik vazirligi yurtimizda tinimsiz yog‘ayotgan yog‘inlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekin-tekinlarimiz va dov-daraxtalarimizdagi meva hosiliga zarari va foydasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

14 mart kuni AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xodjayeva ishtirokida yog‘ingarchilikning qishloq xo‘jaligi ekinlariga ta’siri haqida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda hozirda kuzatilayotgan namgarchilik va ko‘p yog‘inlarning qishloq xo‘jaligi bir nechta tarmoqlariga foyda va zararlari gapirib o‘tildi.

G‘allachilik yo‘nalishida: Ko‘p yog‘inlar boshoqli don mahsulotlari rivojiga rivoj qo‘shmoqda. Xaydov yerlarida namlik zaxirasi ortmoqda, past harorat va yuqori namlik bug‘doy tuplarida qo‘shimcha poya hosil qilmoqda. Ko‘p yog‘in gektariga bir martalik 750-900 m³ suvni iqtisod qilinishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, lalmi maydonlardagi g‘alla rivoji va hosili uchun barokatli yog‘inlar bo‘lmoqda.

Ammo ko‘p yog‘inning boshoqli don ekin turlariga salbiy tomonlari ham bor, masalan erta bahor havoda nisbiy namlikning 60 % dan ko‘p, o‘rtacha sutkalik havo haroratining +7 +15 daraja davomli iliq bo‘lishi «sariq», +15 +25 daraja iliq bo‘lishi «qo‘ng‘ir» zang kasalliklari ko‘payishiga zamin yaratadi. Seryog‘in yillarda g‘allazorlarda zamburug‘li kasalliklar(fuzarioz, septarioz, un shudringi) keng tarqaladi.

Vazirlik dalaga chiqish imkoniyati bo‘lishi bilan g‘alla maydonlarida to‘liq profilaktik ishlov berish ishlari amalga oshirilishini tavsiya etgan.

Bog‘dorchilik yo‘nalishida: Tinimsiz har kuni yog‘ayotgan yomg‘ir bugungi kunda gullash fazasiga kirgan o‘rik, shaftoli, bodom bog‘lari hosildorligiga zarar yetkazmaydi. Faqat changlanish muddatini sekinlashtirishi mumkin. Qolgan mevali bog‘larimiz bugungi kunda gullash fazasida emasligi sababli zarar kuzatilmaydi.

Oxirgi paytlarda gektar gektar maydonlarda uzumzorlar tashkil qilinayotgan uzumzor ko‘chatlari uchun ko‘p yog‘inlar yerda namlikning chuqurroq to‘planishi, uzum ko‘chati ildizlariga juda foydali bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irning foyda va zarari haqida ma’lumot berildi