18:30 / 16.03.2022
1 322

Farzandlari uchun 114 million pul to‘ladi

Farzandlari uchun 114 million pul to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontoxur tumanlararo sudining 17.07.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor D.Shavkatovdan, undiruvchi A.Shavkatova foydasiga uch nafar farzandi uchun ½ qism aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi 808-sonli qarordagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek majburiyatlarni ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish to‘g‘risida”gi nizomining 8-bandiga asosan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontohur tumanlararo sudi ajrim chiqargan.

Unga ko‘ra qarzdor D.Shavkatov uchta voyaga yetmagan farzandi uchun jami 113.940.000 so‘m aliment pullarini oldindan to‘lagan. Mazkur mablag‘ Byuroning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan undiruvchi A.Shavkatovaning AT “Aloqabank” tomonidan ochilgan bank plastik kartochkasiga o‘tkazilgan. Shuning asosida ushbu ijro hujjati ish yurituvidan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandlari uchun 114 million pul to‘ladi