14:04 / 18.03.2022
1 437

«Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim?» — Shavkat Mirziyoyev

«Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim?» — Shavkat Mirziyoyev
Toshkentdagi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

«Sizlarning nafaqat kiygan kiyimlaringiz, balki qalblaringiz oq. Biz qanday vaqtda boshladik va mana qanday vaqtga keldik. Hech qachon unutmanglar – bizga vaqt kerak. Agar biz rahbarlar muammoga hozir qaramasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin. Yuraklaringizda turgan dardlarni men juda yaxshi bilaman. Agar pandemiya bo‘lmaganida, shu mablag‘ni turli sohalarga yo‘naltirar edik. 2020 yilning 14 mart kuni men har bir insonning jonini saqlashga kurashish haqida aytgan edim. Pandemiya vaqtida biz ko‘p narsani o‘rgandik, saboq oldik», — dedi prezident tibbiyot xodimlariga.

Davlat rahbari sog‘liqni saqlash xodimlariga «ertadan boshlab joylarda uchrashuvlar qilib, bo‘layotgan islohotlarni o‘z xodimlariga yetkazishini» aytdi.

«Bir narsani hech qachon unutmanglar. Nima bizga najot? Faqat bilim va ta’lim. Bu sizlar bilan oxirgi muloqot emas. Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim? Transformatsiya jarayoni ketyapti. Biz sohadagi hisob-kitobni joyiga qo‘yishimiz kerak», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

«Sizlar pokliklaringiz uchun bugun havo ham pok bo‘lib, oppoq qor yog‘ib berdi», — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

«O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Davlat rahbarining ma’ruzasi «O‘zbekiston» va «O‘zbekiston 24» (o‘zbek tilida, shuningdek, surdotarjimon bilan), «Toshkent» va «Yoshlar» (rus tilida), «Dunyo bo‘ylab» (ingliz tilida) telekanallarida jonli tarzda efirga uzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Nima uchun men iqtisodchini vazir qilib qo‘ydim?» — Shavkat Mirziyoyev