
Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi Saidkamolxon domla Mahmudov turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlanish natijasida vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, Saidkamolxon domla 2014 yildan buyon Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelgan. 21 mart kuni o‘zi, turmush o‘rtog‘i va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida vafot etgan.
«Janoza namozi bugun, 21 mart kuni soat 20:30 da marhumning xonadoni (Qo‘qon shahar Muqimiy shaharchasi Sangzor ko‘chasi)da o‘qiladi», – deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar