
Qonunchilikka ko‘ra, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:
— ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so‘nggi 12 oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM – 822 ming so‘m)dan oz bo‘lmagan miqdorda;
— ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;
— ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar