1 144
«90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdik» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida nutq so‘zlamoqda, deb xabar berdi «Daryo».
Shavkat Mirziyoyev «bugungi kunda O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra, Shimol va Janubni, G‘arb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bog‘lab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining o‘zagi hisoblanishini« aytib o‘tdi.
«Bundan 5 yil avval biz Harakatlar strategiyasini qabul qilib, uning doirasida keng ko‘lamli demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lini tanladik. Ushbu islohotlar dasturi davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olib, qonun ustuvorligini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish kabi muhim yo‘nalishlarni o‘zida mujassam etgan», — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev «birinchi navbatda, ilgari investorlarni O‘zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yarata boshlanganini» qayd etib o‘tdi.
«2017 yilda milliy valyutamiz — so‘mning erkin konvertatsiyasini joriy qilib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bog‘liq barcha cheklovlarni olib tashladik. Mamlakatimizda ochiqlik siyosatini ta’minlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdik. Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qo‘lga kiritgani bugun hech kimga sir emas», — dedi prezident.
Shavkat Mirzyoyev «ko‘p yillar davomida mamlakatimizni turli qora ro‘yxatlarga kiritilishi uchun sabab bo‘lgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga to‘liq barham berilganini» ta’kidlab o‘tdi.
«Buning e’tirofi sifatida yaqinda xalqaro Nodavlat notijorat tashkilotlari koalitsiyasi hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O‘zbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari o‘rnatilgan boykot bekor qilindi», — dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi