Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari pora ustida ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Hazorasp tuman bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Hazorasp tuman hokimining o‘rinbosari U.A. mansab mavqeyidan foydalanib fuqaroga «Qirtepa» mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman xokimligi zaxirasida bo‘lgan 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun ajratib berishni va’da qilgani aniqlangan.
U xizmati evaziga fuqaro I.dan 12 ming dollar pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi