08:56 / 28.03.2022
3 168

Orol dengizining suvi ko‘paydi — Qozog‘iston ekologiya vazirligi

Orol dengizining suvi ko‘paydi — Qozog‘iston ekologiya vazirligi
Foto: «Zakon.kz»
Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolishga qaratilgan «Asr loyihasi»ning birinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha hisobot berdi.

Shimoliy Orol dengizi to‘g‘oni (Ko‘korol), Aytek inshootlar majmuasi, Sirdaryo himoya to‘g‘onlari, Qizilo‘rda shahri, Kazalinsk gidrouzellari, Shardara va Arnasoy suv omborlari to‘g‘onlarida katta hajmdagi qurilish ishlari bajarildi. Natijada Orol dengizining shimoliy qismiga oqib tushadigan suv hajmi oshdi, Orolbo‘yining ko‘plab biologik turlari tiklandi, qishloq xo‘jaligi yerlarining sug‘orma suvlar bilan ta’minlanishi yaxshilandi, deyiladi xabarda.

Sirdaryo o‘zanining suv o‘tkazuvchanligi 350 dan 700 m³/s.gacha oshgan. Orol dengizining shimoliy qismi geografik iqlim hosil qiluvchi ob’ekt sifatida saqlab qolinishiga erishilgan. Sug‘orish tizimlari va ko‘llarni suv bilan ta’minlash ko‘paygan.

Orolbo‘yining Qozog‘iston qismida bioxilma-xillik tiklangani aytilmoqda: mahalliy baliq turlarining rivojlanishi va osyotrsimon baliq turlarini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Baliq tutish hajmi 0,4 ming tonnadan 6,0 ming tonnaga ko‘paygan va kelgusida 11,0 ming tonnaga yetkazish kutilmoqda.

«Ko‘llarning tiklanishi baliqchilikni rivojlantirish imkonini berdi. Ilgari Orol dengizida yo‘qolib ketgan 13 turdagi baliq tiklandi, baliq ovlash hajmi 400 kilogrammdan 7 ming tonnaga ko‘paydi», — deyiladi Qozog‘iston ekologiya vazirligi hisobotida.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, «Orol dengizining shimoliy qismini qayta tiklash» ikkinchi bosqich loyihasi tayyorlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orol dengizining suvi ko‘paydi — Qozog‘iston ekologiya vazirligi