13:06 / 29.03.2022
854

Sirdaryoda FVV tizimiga ishga kiritib qo‘yish uchun fuqarodan 800 dollar olgan shaxs ushlandi

Sirdaryoda FVV tizimiga ishga kiritib qo‘yish uchun fuqarodan 800 dollar olgan shaxs ushlandi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida fuqaroni pul evaziga Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tabdir davomida «Y.O.O.» MCHJ rahbari H.A. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida pora berishga dalolat qilib, fuqaro B.R.ga tanishlari orqali FVV tizimiga ishga kiritib qo‘yishini aytgani aniqlangan. U evaziga 800 dollar talab qilib, Guliston shahar O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan restoranda kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda FVV tizimiga ishga kiritib qo‘yish uchun fuqarodan 800 dollar olgan shaxs ushlandi