Foto: O‘zA
Xabaringiz bor, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-30 mart kunlari O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi. Ushbu oliy darajadagi tashrif arafasida R.T.Erdo‘g‘onning «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» (Daha Adil Dünya Mümkün) nomli kitobi ikkinchi bor o‘zbek tilida nashr etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Kitobni o‘zbekchaga o‘girgan tarjimon Ma’rufjon Yo‘ldoshevning aytishicha, «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» kitobi birinchi marta prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi oldidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etilgan edi. Yaqinda esa «Yangi asr avlodi» nashriyoti cheklangan miqdorda chiqqan kitobni ko‘p adadda nashr qilishni taklif qildi.
Avval xabar berganimizdek, «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» kitobi 2021 yil sentyab oyida chop etilgan.
Kitobda dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan adolatsizlik, migratsiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, siyosiy munofiqlik kabi illatlar xususida so‘z yuritiladi. Asarda «Bugun insoniyat uchun eng zarur qadriyat bu – adolatdir» degan g‘oya ilgari suriladi.
«Murg‘ak bolalar o‘ldirilayotgan dunyoda hech kim o‘zini aybsiz deya olmaydi», – deb yozadi muallif.
R.T.Erdo‘g‘on kurrai arzdagi jiddiy muammolarni sanar ekan, BMT ularni hal etishga ojizlik qilayotganiga e’tibor qaratadi va xalqaro tuzilmani isloh etishga chaqiradi.
Turk tilida yozilgan asar ingliz, arab, olmon, fransuz, rus, ispan kabi ko‘plab tillarga tarjima qilingan va dunyo bo‘ylab ommalashgan. Kitob sotuvidan tushgan mablag‘ Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga (AFAD) o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 12 noyabr kuni Istanbulda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda «Dunyo yanada odil bo‘lishi mumkin» kitobining ilk nashrini hamkasbiga sovg‘a qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi