«Neksiya»da infokioskni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

«Neksiya»da infokioskni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Foto: IIBB
Shu yilning 19 mart kuni soat 20.00 larda noma’lum shaxs «UZPAYNET» MCHJga tegishli umumiy qiymati 22.000.000 so‘mlik infokioskni o‘g‘irlab ketadi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u infokioskni o‘zining «Neksiya» rusumli avtomashinasiga joylab, kimsasiz joyga olib borgan. U yerda infokioskni ochib, ichidagi 3.083.000 so‘m pullarni o‘zlashtirgan.

«Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, gumonlanuvchi shaxs 27 yoshli A. M. bo‘lib chiqdi va qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yashnobod tumani IIO FMBga yuborilgan», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar