Yil oxirigacha koronavirusni jilovlash mumkinmi? Bu davrda pandemiya qanday tus oladi? Kasallikning ortga chekinishi ko‘proq qaysi omillarga bog‘liq?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bu borada uch taxminiy ssenariyni ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil davomida COVID-19 mutatsiyaga uchrashda davom etadi. Infeksiyaning yana qator yangi shtammlari paydo bo‘lishi mumkin. Ammo ommaviy emlash ko‘rsatkichlari oshishi va aholi immuniteti kuchayishi bilan xastalikning og‘ir asoratlari kamayib boradi.
- Birinchi ssenariyga ko‘ra, koronavirusning og‘ir kechuvchi shtammlari paydo bo‘lmaydi va kasallikka qarshi mavjud vaksinalar yordamida kurashish kutilgan samarani beradi.
- Ikkinchi ssenariyga muvofiq, COVID-19ning hozirgidan ham yuqumliroq va tez tarqaluvchi variantlari yuzaga keladi.
- Uchinchi ssenariyga asosan, odamlarni koronavirusning og‘ir asoratlaridan asrash ancha murakkablashadi. Bunday vaziyatda yangi, yanada samarali vaksinalar ishlab chiqarish talab etiladi.
«Ba’zi davlatlarda to‘rtinchi doza bilan emlash jarayonlari boshlangani quvonarli. Ammo dunyo aholisining uchdan bir qismi, shu jumladan, Afrikada yashovchilarning 83 foizi, hatto, birinchi bosqichda vaksina olgani yo‘q. Bu esa barchamizda xavotir va tashvish uyg‘otishi kerak», — dedi Tedros Gebreyesus.
Joriy yil ikkinchi yarmiga qadar dunyodagi har bir mamlakat aholisining 70 foizi to‘liq emlanishiga erishish ustuvor maqsad hisoblanadi. Bu jarayonda, avvalo, tibbiyot xodimlari, keksalar va xavf guruhiga mansub boshqa qatlamni qamrab olishga alohida e’tibor qaratish joiz.
JSST tibbiy niqoblar, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish orqali kasallikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish mumkinligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi