4 216
Xorazmda reklama monitorida pornografik video namoyish etilgani bo‘yicha ma’lumot berildi
Foto: Videodan skrin
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Urganch shahrida 31 mart kuni reklama monitorida pornografik video qo‘yib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 19:20 da Xorazm viloyati IIB navbatchilik qismiga Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi video namoyish etilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ushbu videolavhaning reklama monitoridagi namoyishi zudlik bilan to‘xtatilgan.
Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv ishlari natijasida pornografik mazmundagi videolavha reklama monitori tegishli bo‘lgan bo‘lgan xususiy firma ishchisi I.I. (1978 yilda tug‘ilgan) tomonidan reklama roliklarini joylashtirish jarayonidagi ehtiyotsizlik sabab joylab yuborilgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi