Toshkentda bundan 19 yil avval o‘ldirilgan ayolning qotili topilgani haqida xabar berilgan edi. Zo‘r TV telekanalining «Bu kun» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida mazkur ish ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi erkakka nisbatan hukm e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, qotillik 2003 yil 10 yanvarda sodir etilgandi. Uchtepa tumaniga qarashli ko‘p qavatli uylarning birida yolg‘iz o‘zi yashovchi 56 yoshli rus millatiga mansub ayolning murdasi tan jarohatlari bilan qonga belangan va boshiga sellofan paket kiygizib ketilgan holda topilgan. Xonadonni ko‘zdan kechirgan tezkor tergov guruhi a’zolari uy eshigi kaliti tashqi tomonda qoldirilgani, xonadonda gaz isi to‘planib qolgani hamda uyda mavjud gaz jo‘mraklari ochiq holda qoldirilganini aniqlagan.
O‘sha vaqtda olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida xonadon egasining qasddan o‘ldirilgani bo‘yicha hodisa joyidan spirtli ichimlik shishalari, sigareta qoldiqlari va ulardan olingan qo‘l-barmoq izlari hamda yuvinish xonasidan erkaklar uzugi topilgan. Ammo 19 yil davomida bu barmoq izlari kimga tegishli ekani noma’lum bo‘lib qolgan.
2021 yilning 9 noyabriga kelib, o‘sha vaqtda olingan uch barmoq izlari Toshkent shahar IIBB ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan aynan kimga tegishli ekani aniqlangan.
Aniqlanishicha, 1998 yilda sobiq Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumanida davlat tashkilotlaridan birida mas’ul lavozimda ishlagan fuqaro mazkur idora binosida joylashgan boshqa tashkilot xodimasi, 1947 yilda tug‘ilgan ayol bilan tanishib qolgan. U pul evaziga ayolning uyida fohisha ayollar bilan uchrashib yurgan va uyning egasi bilan ham jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.
Erkak uning uyida bo‘lgan vaqtida ayol undan hoziroq 300 dollar berishni talab qilgan, aks holda turli ayollar bilan jinsiy aloqa qilib kelganini uning rafiqasiga ma’lum qilish bilan qo‘rqitgan. Shu sababli janjal kelib chiqib, mast holda bo‘lgan erkak oilasi buzilib ketishidan qo‘rqib, qotilikka qo‘l urgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «d», «j» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi