09:17 / 01.04.2022
1 003

Samarqandda oltin rudasini noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ushlandi

Samarqandda oltin rudasini noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ushlandi
Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish holatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Paxtachi tumani IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli «Qora-qo‘ton» oltin qazib olish koni atrofida muntazam ravishda tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish va sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruh aniqlangan.

Paxtachi tumanida yashovchi jinoiy guruhning 8 nafar a’zolari ushlangan. Ular tomonidan foydalanib kelingan 1 dona drabilka, 1 dona tegirmon, 1 dona gaz balloni, 700 kilogramm ruda toshlari va 400 kg oltin aralashmali tuproq daliliy ashyo sifatida olingan.

Jinoiy guruh a’zolari ruda toshlarini qayta ishlash mobaynida noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelgan. Ular davlatga 275 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda oltin rudasini noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ushlandi