08:21 / 02.04.2022
1 038

Farg‘onada uyida noqonuniy hujra tashkil qilgan shaxslar 10 sutkaga qamaldi

Farg‘onada uyida noqonuniy hujra tashkil qilgan shaxslar 10 sutkaga qamaldi
Farg‘ona viloyati huquq-tartibot idoralari tomonidan hududlarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelgan fuqarolar aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Xususan, Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro X.X. maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz yashash xonadonida hujra tashkil qilib, 19 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy ta’limot bergan. Fuqaro J.T. diniy yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini buzib, mazkur hujrada ta’lim olayotgan bolalarga imomlik qilib kelgan.

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasiga (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) muvofiq hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan. Sud tomonidan huquqbuzarlarga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qonunchilikka ko‘ra, agarda shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so‘ng yana shu kabi noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullansa, Jinoyat kodeksining 229−2-moddasiga asosan (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada uyida noqonuniy hujra tashkil qilgan shaxslar 10 sutkaga qamaldi