Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Yangibozor tuman bo‘limi «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ, DXX va IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida fuqaro U.Q. o‘zining xonadonida o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib, 8 ta kompyuterlarni o‘rnatib, 372 kun davomida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritib kelgani aniqlangan. Buning natijasida u elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 112,7 million so‘m zarar yetkazgan.
Shuningdek, mazkur tumanda yashovchi yana bir fuqaro K.Q. o‘zining xonadonida 25 ta kompyuterlarni o‘rnatib, 198 kun davomida noqonuniy kripto-aktivlar mayningi faoliyatini yuritib kelgani ma’lum qo‘lgan. U o‘zining faoliyati davomida elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 122,4 million so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi