22:30 / 03.04.2022
2 193

Alisher Qodirov «O‘lmas polk» o‘tkazilishi haqida

Alisher Qodirov «O‘lmas polk» o‘tkazilishi haqida
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba munosabati bilan Toshkent shahrida «O‘lmas polk» namoyishlari o‘tkazilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- ‘O‘lmas polk’ — ‘yumshoq kuch’ namoyishi, sovet birligiga targ‘ibot quroli ekanini tushunmagan qolmadi. Biz bunday namoyishlarga qarshimiz!

Insoniyatning fashizm ustidan g‘alabasida o‘zbek xalqining sezilarli ishtiroki bor. Otalarimizning bosqinchilar va buzg‘unchi millatchilarga qarshi ozodlik uchun kurashlari qiyomatgacha xotirlanishi va qadrlanishi kerak, — deydi u.

Deputatning fikricha, qadrlash ularning suratlarni shahar bo‘ylab kezdirish emas, ruhlariga duolar qilish, ular uchun u dunyoning yaxshiliklarini tilash hisoblanadi.

- Shahidlarimizning pok xotirasini qadrlash kerak, manfur siyosiy maqsadlarga yana bir marta qurbon qilish emas, — deya so‘zlarini yakunlagan Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Qodirov «O‘lmas polk» o‘tkazilishi haqida