964
Namanganda ikki nafar ayolni Turkiyaga fohishalik uchun yuborishga uringan shaxs ushlandi
Foto: Namangan viloyat IIB
Namanganda ikki nafar ayolni Qirg‘iziston orqali Turkiyaga fohishalik uchun yuborishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chortoq tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan Nasiba Murodova (ism-sharif shartli) ushlandi. U Norin tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ikki ayol bilan birga Andijon viloyatida joylashgan «Do‘stlik» chegara postidan o‘tayotganida to‘xtatildi.
Surishtiruvlar davomida Nasiba Murodova ularni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Qirg‘iziston orqali Turkiyaga uchirib yubormoqchi bo‘lgani aniqlandi. Shu joyning o‘zida «O‘sh—Istanbul» aviareysi uchun ikki nafar ayolga olingan aviachiptalar tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan Nasiba Murodovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi