O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi

O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingini yangiladi. Bu haqda markaz matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga bo‘lingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.

2022 yilning 1-choragida katta banklar o‘rtasida «Kapital bank» birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda «Trast bank» qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda «Ipoteka bank» bo‘ldi.
O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Kichik banklar bo‘yicha birinchi o‘rinda «Davr bank», ikkinchi o‘rinda «Ziraat bank» va uchinchi o‘rinda «Poytaxt bank» qayd etilgan.
O‘zbekistonning eng faol banklari aniqlandi
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar