Foto: Madaniy meros agentligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «Bodorjoy» MFY hududida joylashgan «Bahodir Yalangto‘shbiy» masjidi yuzasidan tanqidiy fikr bildirildi. Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Samarqand viloyatidagi «Bahodir Yalangto‘shbiy» masjidi moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ekti hisoblanib, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktabrdagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari Milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 846-sonli qarori bilan Milliy ro‘yxatga kiritilgan.
Bahodir Yalangto‘shbiyning nomini abadiylashtirish maqsadida masjidga uning nomi berilgan.
«Bahodir Yalangto‘shbiy» masjidi XX asrning 20 yillarigacha masjid sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Shu davrdan e’tiboran sobiq mustabid tuzum tomonidan diniy qadriyatlar toptalib, masjid faoliyati to‘xtatilgan va omborxonaga aylantirilgan. Mahalliy nuroniy oqsoqollar tomonidan og‘zaki ma’lumot berilishicha, qatag‘on yillari (1932–1938) oralig‘ida masjid binosiga o‘t ketgan va ob’ekt o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Bugungi kunda ob’ektning saqlanishi avariya holatiga kelib qolgan.
Foto: Madaniy meros agentligi
Ayni vaqtda tarixiy binoni saqlab qolish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Xususan, «Samarqand viloyatini 2022–2026 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi» tasdiqlangan bo‘lib, dasturning 2023 yilga mo‘ljallangan qismida «Bahodir Yalangto‘shbiy» masjidini restavratsiya qilish hamda Bahodir Yalangto‘shbiy shaxsi haqida kino olish belgilangan.
Samarqand madaniy meros boshqarmasi tomonidan «Bahodir Yalangto‘shbiy» masjidini restavratsiya qilish yuzasidan loyiha-taklifi ishlab chiqilib, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashiga taqdim etilgan.
Foto: Madaniy meros agentligi
Kelajakda «Bahodir Yalangto‘shbiy» masjidi binosidan turizm ob’ekti sifatida foydalanish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda